Real Patient

Ma'ruzachilar haqida

Ma’ruzachi professor-oʻqituvchilarimiz bilan tanishing. Xaitov Qahramon Najmitdinovich

2025-04-11

Ma’ruzachi professor-oʻqituvchilarimiz bilan tanishing. Xaitov Qahramon Najmitdinovich

Xaitov Qahramon Najmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Pediatriya fakultetini 1995-yilda tamomlagan.

•Xaitov Qahramon Najmitdinovich  2001 yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti huzuridagi Ilmiy kengashda nomzodlik dissertatsiyasini, 2012 yilda esa Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Ilmiy kengashda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

• 2011-2012 yillar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi, 2012-2013 yillar – Magistratura boʻlimi boshligʻi, 2013-2015 yillar – Tibbiy-pedagogika, davolash fakulteti dekani, 2015 yildan hozirgacha – oʻquv ishlari bo‘yicha prorektori lavoizmida ishlab kelmoqda.

• 2004-yildan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining dotsenti, 2023 yildan esa professori, 2024 yildan “Teri-tanosil, bolalar teri-tanosil kasalliklari, OITS kafedrasi mudiri.

• 2014 yildan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash a’zosi.

• Xaitov Qahramon Najmitdinovich  tomonidan 250 dan ortiq ilmiy, amaliy, oʻquv va metodik nashrlar chop etilgan. Ulardan 6 ta monografiya, 2 ta darslik, 8 ta oʻquv qoʻllanma va 5 ta Patentlar tashkil etadi.

• Xaitov Qahramon Najmitdinovich rahbarligida 4 ta nomzodlik (PhD), 1 ta doktorlik (DSc) va 12 ta magistrlik dissertatsiyalari yoqlangan.

Prof. Xaitov Q.N. 2018 yilda Oʻzbekiston Respublikasi “Sogʻliqni saqlash  a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.