Ma’ruzachi professor-oʻqituvchilarimiz bilan tanishing. Shagazatova Barno Xabibullayevna
Ma’ruzachi professor-oʻqituvchilarimiz bilan tanishing. Shagazatova Barno Xabibullayevna
Shagazatova Barno Xabibullayevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Toshkent tibbiyot institutining davolash fakultetini 1979-1985 -yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
Shagazatova Barno Xabibullayevna 1994 yilda Toshkent shahrida nomzodlik dissertatsiyasini, 2004-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Oʻzbekiston diabetologlari va endokrinologlari assotsiatsiyasining va EASD akademiyasining haqiqiy a’zosi.
Shagazatova Barno Xabibullayevna tomonidan 300 dan ortiq ilmiy, amaliy, oʻquv va metodik nashrlar chop etilgan. Ulardan 6 ta monografiya, 1ta darslik, 12 ta oʻquv qoʻllanma va 2 ta Patentlar tashkil etadi.
B.Shagazatova rahbarligida 10 ta nomzodlik (PhD), 18 magistrlik dissertatsiyalari yoqlangan.