Real Patient – virtual bemor platformasi
Hozirgi kunda simulyatsiyaga asoslangan tibbiy ta’lim, xususan virtual bemor elektron platformalari talabalarni oʻqitish uchun, shuningdek turli xil vazifalarni bajarish uchun samarali usul sifatida qoʻllanilib kelinmoqda. Simulyatsion texnologiyalar ta’lim oluvchining bilim olishi va amaliy koʻnikamalarni oʻzlashtirishida yordam beradi.
Rivojlangan davlatlarda ta’lim olgan, taeriba almashgan malakali mutahassislarimiz tomonidan yaratilgan Real Patient-virtual bemor tizimi klinik ssenariylarni raqamli ekranda aks ettiradi va haqiqiy aktyor odam simulyatsiyasi sifatida vazifa bajaradi. Yaratilgan virtual bemor elektron platformasi raqamli ssenaniyralardan foydalangan holda oʻrganuvchining bilimini sinab koʻrishi, amaliy koʻnimalarni oʻzlashtirishi, masofadan turib bilim olishida yordam beradi.
Ma’lumot oʻrnida shuni aytish kerakki, Oʻzbekiston Respublikasida 74 ta tibbiyot kolleji va texnikumlarida 90 mingdan ortiq oʻquvchilar, 18 ta oliy ta’lim muassasalarida esa 50 mingdan ortiq talabalar tahsil olishmoqda. Bundan tashqari 60 mingdan ortiq shifokor mutahassislardan har yili oʻrtacha 10 mingdan ortigʻi oʻz malakalarini oshirib kelishadi. Ularning yetarli darajada bilim olishlari, malakasini oshirishlari uchun virtual ta’lim platformasiga ehtiyoj yuqori.
Mazkur ehtiyojni qondirish, shuningdek tibbiyot ta’lim muassasalari talabalarining bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantirish maqsadida Real Patient - virtual bemor elektron ta’lim platformasi yaratildi. Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining grant loyihasi doirasida moliylashtirilgan.
"Innovative Developers" MChJ tomonidan yaratilgan mazkur platforma orqali simulyatsion bemorlarga tashxis qoʻyish, ularni davolash, tekshiruv usullarini oʻtkazish va boshqa jarayonlarni platforma orqali bajarish imkoniyati yaratildi. Natijada talabalarning koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ularning amaliy bilimlarini baholash imkoniyati paydo boʻldi.
Tibbiyot ta’lim muassasalari talabalari, shuning tibbiyot sohasi mutaxassislari ham kerakli paytda oʻzlarining malakalarini, amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish imkoniyati mavjud. Klinik jarayonlarga kirib kelayotgan yosh mutaxassislarning bemor bilan muloqot qilishi, ularni tekshirish tartibi, davolash usullarini oʻrganish orqali “klinik jarayonga kirishi” uchun imkoniyat yaratildi. Bu esa kelgusida bemorlar bilan muloqot qilish, ularni davolash jarayonida qiyinchiliklar va muammolar yuzaga kelishining, shuningdek professional xatolarning oldini oladi, deb ishonamiz.