Real Patient

Ma'ruzachilar haqida

Ma’ruzachi professor-oʻqituvchilarimiz bilan tanishing. Mirxamidov Djalal Xalilovich

2025-04-11

Ma’ruzachi professor-oʻqituvchilarimiz bilan tanishing. Mirxamidov Djalal Xalilovich

Mirxamidov Djalal Xalilovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Toshkent Davlat tibbiyot institutining 1-son davolash fakultetini 1982-yilda tamomladi.

Mirxamidov Djalal Xalilovich 1993 yilda Toshkent shahrida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi, 2005-yilda dotsent ilmiy unvonini oldi.

Mirxamidov Djalal Xalilovich  tomonidan 300 dan ortiq ilmiy, amaliy, oʻquv va metodik nashrlar chop etilgan. Ulardan 7 ta monografiya, 3 ta darslik, 34 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma va uslubiy tavsiyanomalar, 10 ta ixtiro uchun patentlar,  20 ta intellektual mulk himoyasi guvohnomalari, 15 ta ratsionalizatorlik takliflari tashkil etadi.

Mirxamidov Djalal Xalilovich  rahbarligida 12 magistrlik dissertatsiyalari yoqlangan.

2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qarori bilan “Sogʻliqni saqlash a’lochisi” koʻkrak  nishoni bilan mukofotlandi.