Real Patient

Tibbiyot yangiliklari

Xalqimiz fidoyi tibbiyot xodimlarining zahmatli mehnatini doimo qadrlaydi

2023-02-15

Xalqimiz fidoyi tibbiyot xodimlarining zahmatli mehnatini doimo qadrlaydi

Biroq bugun jamiyatimizda ushbu kasb egalariga nisbatan tez-tez kuch ishlatish holatlari sodir boʼlmoqdaki, bu har qanday sogʼlom fikrli insonning gʼazabini qoʼzgʼashi aniq.

Maʼlum boʼlishicha, joriy yil 22 yanvarь kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida ana shunday noxush voqea kuzatildi. Chaqiriq boʼyicha belgilangan manzilga yetib borgan tez tibbiy yordam brigadasining erkak xodimi – felьdsher U.U. bemor ayolning oʼgʼli Oʼ.А. tomonidan ayovsiz kaltaklandi.

Oqibatda jabr koʼrgan “Tez yordam” xodimi Toshkent tibbiyot akademiyasi koʼp tarmoqli klinikasining shoshilinch neyroxirurgiya boʼlimiga yotqizildi.

Аyni paytda 24 yoshli mushtumzoʼr fuqaro Oʼ.А.ga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Milliy TV" telekanalining "Millar" dasturi orqali namoyish etilgan yuqoridagi videolavhada ushbu voqea tafsilotlari haqida batafsil soʼz yuritilgan.