realpatient.uz - virtual bemor ta'lim platformasi Innoweek 2025 tadbirida namoyish qilindi

realpatient.uz - virtual bemor ta'lim platformasi Innoweek 2025 tadbirida namoyish qilindi
Realpateint.uz - virtual ta'lim platformasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan har yili an'anaviy o'tkazilib kelinadigan Innoweek 2025 - Innovatsion g'oyalar haftaligida namoyish qilindi.
Virtual bemor loyihasi Innovatsion rivojlanish agentligining Startup granti, shuningdek boshqa manbaalardan moliyalashtirilgan bo'lib, bugungi kunda 300 dan ortiq video materiallar(Video ma'ruza, amaliy ko'nikmalar, klinik keyslar), 15 dan ortiq darsliklarni o'z ichiga oladi.
Loyiha doirasida platformaga Innovatsion rivojlanish agentligi, Tibbiy ta’limda o‘quv resurslarini yaratish va rivojlantirish markazi, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorligida bakalavriatning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi”, “Stomatologiya”, “Tibbiy-profilaktika ishi”, “Farmatsiya” yo‘nalishlari talabalari uchun ma’lumotlar joylab borilmoqda.