Urgut tumanida telemeditsina rivojlantirish loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
Urgut tumanida telemeditsina rivojlantirish loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
Urgut tumani jadal innovatsion rivojlanish hududlariga kiritilgan. Shu munosabat bilan bu yerda, jumladan, sog‘liqni saqlash sohasida ham yuqori texnologiyali qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Innovative Developers” mas’uliyati cheklangan jamiyati viloyatda teletibbiyot texnologiyalarini joriy etishni boshladi. Loyihani amalga oshirish uchun platforma sifatida tanlov asosida “Hakim” MChJ xususiy tibbiyot klinikasi tanlab olindi.
Bu yerda allaqachon tegishli uskunaning birinchi qismi o‘rnatilib, ularning ishlashi sinov rejimida sinovdan o‘tkazilgan. Tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida xususiy klinikaga internet ulanishi uchun optik tolali kabel ulandi. Telemeditsina imkoniyatlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini taqdim etuvchi maxsus veb-sayt yaratildi va ishga tushirildi.
Loyihani rivojlantirish uchun Turkiyaning Tibbiy turizm assotsiatsiyasi va Promed Career Institute (AQSh) bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining pulmonologiya, kardiologiya, nevropatologiya, nefrologiya yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi mutaxassislari ham loyiha maslahatchisi etib belgilandi.
Zamonaviy telemeditsina masofadan turib tibbiy xizmatlar ko'rsatish, bemorlarni kuzatish, tezkor maslahatlar berishni nazarda tutadi, shuningdek, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish shaklidir.