Real Patient

Ushbu kursni sotib olish Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi!

Yuqumli kasalliklar

Bolalar teri va tanosil kasalliklari

August 2024

Sotib olish

diabet poster dots rect shape

Kurs haqida

Ilm-fan taraqqiyoti shiddat bilan ilgarilab borayotgan hozirgi kunda tibbiyot sohasida ham katta yutuqlarga erishilmoqda. Inson salomatligi va uni muhofaza qilish borasida ulkan kashfiyotlar qilinmoqda, bu borada dermatovenerologiya fani va uning rivoji ham oldingi marralarni egallab kelmoqda. Teri va tanosil kasalliklariga tashxis qoʻyish va davolash masalalari boʻyicha yangi noinvaziv usullar yaratilmoqda, jumladan, estetik tibbiyot yoʻnalishining keng koʻlamda rivojlanib borishi ushbu sohaning hozirgi kunda erishib kelayotgan katta yutuqlaridan biri boʻlib hisoblanadi.

Dermatovenerologiya fanining taraqqiyotida uning muhim qismi boʻlgan bolalar dermatovenerologiyasi yoʻnalishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, bolalar organizmi oʻziga xos anatomo-fiziologik xususiyatlarga ega boʻlganligi sababli ularda teri kasalliklari belgilarining oʻziga xos koʻrinishlarda kechish holati kuzatiladi. Bundan tashqari shunday teri kasalliklari guruhi mavjudki, ular faqat bolalardagina uchraydi. Bolalar teri kasalliklarining rivojlanishi, namoyon boʻlishi, kechishida oʻziga xos jihatlar mavjud, buni albatta ularda kechayotgan kasalliklarga tashxis qoʻyish, davolash choralarini belgilash hamda oldini olish va profilaktik tadbirlarni belgilashda inobatga olish muhim boʻlib, ularga nisbatan oʻziga xos boʻlgan yondashish lozim.

Ma’lumki, bolalar kasalliklari boʻyicha faoliyat koʻrsatib kelayotgan mutaxassislar ular qanday yoʻnalish egasi boʻlmasinlar albatta bolalarda uchraydigan teri va tanosil kasalliklari bilan kundalik hayotlarida duch keladilar va ulardagi ushbu muammolarni hal qilishga majbur boʻladilar. Bolalar organizmining oʻsish vaqti turli davrlarga ega ekanligi ularda teri kasalliklari belgilarining oʻziga xos tarzda kechishiga sababchi boʻladi, bunday holat dermatovenerologiya fanidan ta’lim berishda pediatriya fakultetlarida oʻziga xos yondashuvga ega boʻlishni taqozo etadi, bu esa oʻz navbatida umumiy amaliyot pediatr shifokorlarini tayyorlashda majburiy boʻlgan bosqichlardan biri boʻlib hisoblanadi. Ushbu darslik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim toʻgʻrisida»gi qarori, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish» dasturida qoʻyilgan vazifalarni bajarish maqsadida yaratildi.

Darslikning birinchi «Teri kasalliklari» qismida dermatovenerologiya fani, jumladan, oʻzbek dermatovenerologiya fani hamda bolalar dermatologiyasi tarixi keng koʻlamda ta’riflab berilgan. Darslikning umumiy qismida terining, shu jumladan, bolalar terisining oʻziga xos xususiyatlari, teri kasalliklarining umumiy simptomatologiyasi va ularga tashxis qoʻyishda qoʻllaniladigan maxsus diagnostik usullar hamda teri kasalliklarini umumiy va mahalliy davolash usullari yoritib berilgan. Shu bilan birgalikda ushbu boʻlimda dermatologik bemor bolalarda kasallik tarixini yozilish tizmasi taqdim etilgan.

Darslikning maxsus qismida kattalardan farqli oʻlaroq, faqat bolalarda uchraydigan terining yiringli, allergik, zamburugʻli, parazitar, virusli, pufakli, irsiy hamda terining xavfsiz oʻsma kasalliklari etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi va davolash hamda profilaktik usullari oʻziga xos tarzda ta’riflab berilgan. Bu borada terining biriktiruvchi toʻqima kasalliklari, soch va yogʻ bezlari kasalliklari, disxromiyalar, eritemalar, retikulyoz kasalliklarining bolalarda oʻziga xos koʻrinishlarda kechish holatlari ham yoritib berilgan.            

Darslini tanosil kasalliklari mavzusi alohida oʻrinni egallagan boʻlib, unda asosan tugʻma zaxm, qiz bolalar soʻzagi, soʻzaksiz vulvo-vaginitlar, OITS kasalligining bolalarda oʻziga xos koʻrinishda kechishi keng qamrovli yoritib berilgan.                   

Darslikni qayta chop etilishi munosabati bilan maxsus qismda qoʻshimcha ravishda yangi “Bolalarda yangi tojdor COVID-19 infeksiyasi” va “Infeksion (virusli) ekzantema”  kasalliklari mavzulari zamonaviy ravishda bayon etilib berilgan.

Ushbu darslikni yozilishida dermatit, toksikodermiya va atopik dermatit mavzulari qismlariga yangi ma’lumotlar kiritildi,  12 ta jadval, 2 ta rasm, 135 ta bemor bolalar rangli rasmlari va 825 ta turli murakkablikdagi test savollari  ilova qilingan.

Davolash

Kursdan ko'zlangan maqsad

Kimlar uchun mo'ljallangan

Mundarija

  • 33 ta dars
  • 6 oy

Sotib olish

  • Tekin

Daraja Intermediate
Davomiyligi 6 oy
Mavzular 33
Yo'nalish Yuqumli kasalliklar
Til Uzbek

Kurs materiallari

  • Keys

  • Test

  • Mavzu

  • Video

  • Audio

  • Matn

Yo'nalishga doir kurslar